Bito × laCafe
Do'kon saytida, mehmon ilovasida, Telegram botda va operator orqali qabul qilingan yetkazib berish va olib ketish buyurtmalari Bito ERP'ga buyurtma (sale order) bo'lib tushadi. Holat laCafe'ga qaytadi, katalog, narxlar va ombor qoldig'i Bito'dan olinadi.
1. Bito'da integratsiya
- Bito admin paneli → Integration → Integration → Custom integration → External integration → + Create (nomi, masalan, «laCafe»).
- Save bosilgach oynada
client_id,secretvaapi_keychiqadi.api_key'ni (login:kalitko'rinishida) nusxa oling. - Integratsiyani Installed ro'yxatidan ochib Install bosing — o'rnatilmagan integratsiya kaliti ishlamaydi.
- Integratsiyaga kerakli ruxsatlar (
required_permissions) bo'sh qolsa — hammasi. Cheklasangiz: omborlar, tovarlar, kategoriyalar, narxlar, qoldiq, mijozlar, xodimlar, buyurtmalar (sale order), holatlar, to'lov usullari va webhook. - Yetkazish narxi uchun nomida «Доставка» bo'lgan tovar bo'lsin (ixtiyoriy) — Bito buyurtmasida yetkazish narxi uchun alohida maydon yo'q.
- Buyurtma holatlari (kanban) ro'yxatida bekor qilingan va bajarilgan ustunlari bo'lsin — laCafe'dan bekor qilish va yopish shularga o'tkazadi.
2. laCafe'da
- laCafe paneli → Ilovalar → Bito → o'rnating.
- «Ulanish»ga
api_key'ni kiriting va «Tekshirish»ni bosing. Kalit laCafe platformasiga uzatilmaydi — ilovaning o'z bazasida shifrlangan holda saqlanadi. Tekshiruvda ilova Bito webhook'lariga o'zi obuna bo'ladi. - «Bito sozlamalari»: mas'ul xodim (Bito buyurtmasida majburiy), narx ro'yxati, yetkazish tovari va menyuga kiradigan kategoriyalarni tekshiring.
- «Filiallar»: har laCafe filialini Bito omboriga biriktiring va «Menyuni yangilash»ni bosing. Stop-list (qoldiq 0 bo'lsa sotuvdan olish) filialda yoqiladi.
3. Webhook
Ilova «Tekshirish»da POST webhook/subscribe bilan quyidagilarga obuna bo'ladi va Bito bergan imzo sirini shifrlab saqlaydi:
| Maqsad | Hodisalar |
|---|---|
| Buyurtma holati | saleOrders.update, saleOrders.status_change, saleOrders.delete |
| Katalog va narx | products.*, productCategories.* |
| Stop-list (qoldiq) | trades.*, purchases.*, purchaseReturns.create |
Har yetkazma X-Bito-Signature (HMAC-SHA256, 5 daqiqa) bilan tekshiriladi, tanaga ishonilmaydi — holat Bito API'dan qayta o'qiladi. Bito webhook'ni qayta yubormaydi, shuning uchun holat baribir har 30 soniyada, katalog har soatda, qoldiq har 2 daqiqada so'raladi.
4. Buyurtma qanday yoziladi
| laCafe | Bito (POST sale-order/create) |
|---|---|
| laCafe buyurtma id'si | uuid = lacafe-<id> — takroriy yuborishda ikkinchi buyurtma ochilmaydi |
| filial | products[].warehouse_id — biriktirilgan ombor, organization_id — uning tashkiloti |
| mahsulot, soni, narxi | products[] (product_id, amount, price, price_id) |
| modifikator (Bito tovari) | alohida qator; bog'lanmagani — izohda |
| chegirma / promo-kod | qatorlar narxiga mutanosib taqsimlanadi (jami laCafe summasiga teng), izohda ko'rsatiladi |
| yetkazish narxi | tanlangan tovar qatori (tanlanmasa — izohda) |
| mijoz | telefon bo'yicha customer_id (bo'lmasa ombor tashkilotida yaratiladi) |
| to'lov usuli, to'langanmi, manzil tafsiloti, izoh | note |
| xarita nuqtasi, vaqt | delivery_address, delivery_date |
Holatlar: yangi → yangi, qabul qilingan → qabul qilindi, jarayonda → tayyorlanmoqda, bajarildi (yoki to'liq sotildi) → yopildi, bekor → bekor. laCafe'da bekor qilingan buyurtma Bito'da «bekor» ustuniga o'tadi (savdo hujjati bo'lsa Bito rad etadi), laCafe yopgani — «bajarildi» ustuniga.
5. Katalog va stop-list
- Katalog:
category/get-paging+product/get-paging(ombor tashkiloti, tanlangan narx ro'yxatidagi narx, rasm). Xomashyo, yarim tayyor mahsulot va variantlar «otasi» menyuga kirmaydi; narxi 0 bo'lgan tovar o'chiq keladi. - Stop-list (filialda yoqiladi):
product-warehouse/get-pagingbo'yicha ombordagi sotish mumkin qoldig'i (qoldiq − bron) 0 bo'lgan tovarlar.
Digital Restaurant LLC · lacafe.uz · Bito API: docs.bito.uz